17:58 / 28.06.2016
13871

Rio-de-Janeyro aeroportida sayyohlarni "Jahannamga xush kelibsiz" banneri bilan kutib olishdi

Rio-de-Janeyrodagi Galean aeroportiga tashrif buyurayotgan sayyohlarni "Jahannamga xush kelibsiz!" banneri bilan kutib olishdi. Bu haqida Yahoo News xabar berdi. 

"Jahannamga xush kelibsiz! Politsiya va o‘t o‘chirish xizmati xodimlari maosh olishmayapti, kimki Rio-de-Janeyroga kelsa, u xavfsizlikda bo‘lmaydi", - deb yozilgan bannerda.

Buni jurnalistlardan biri tvitterga joylashtirgan.

Shuningdek, aeroportdan chiqaverishdagi ko‘priklardan birida "Xush kelibsiz, bizda shifoxonalar yo‘q!" deb yozilgani haqida ham ma'lum qilindi. 

Braziliya Yozgi olimpiada-2016 oldidan xavfsizlikni ta'minlash borasida sezilarli muammolarga duch kelayotgani ta'kidlanmoqda. Qolaversa, Braziliyada Zika virusining avj olishi, prezident Dilma Russefning impichmenti hamda o‘sib borayotgan ijtimoiy tengsizlik ko‘pchilikni xavotirga solmoqda. 

Top