11:33 / 28.06.2016
12101

To‘qimachilik texnoparkining qurilish ishlari boshlandi 

Toshkentda ta'lim-tadqiqot to‘qimachilik texnoparkining qurilish ishlari boshlandi. Texnopark Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hududida qad rostlaydi. Loyiha Koreya Respublikasining savdo, sanoat va energetika vazirligi bilan hamkorlikda «O‘zbekengilsanoat» AJ tomonidan amalga oshirilmoqda. 

Loyihani moliyalashtirish Koreya Respublikasi hukumatining "taraqqiyotga rasmiy ko‘mak" dasturi bo‘yicha grant mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Qurilishga sarflanadigan mablag‘larning taxminiy qiymati 15 million dollarga baholanmoqda. Loyiha 2018 yilgacha qurib bitkaziladi. 

Rejaga muvofiq, 3 qavatli korpuslarning 4,0 ming kv.m.dan ortiq hududini o‘quv xonalari, ko‘rgazma uchun joylar, anjuman zallari,  laboratoriyalar, idoralar, bug‘xona va boshqa obektlar egallaydi. Eksperimental-ilmiy  laboratoriya 2 qavatli binoning 1,5 ming kv.m. maydonida qad rostlaydi.  
5 qavatli bino tomlariga yashil o‘simliklar bog‘i bilan o‘ralgan bug‘xona o‘rnatish rejalashtrilgan. 
 

Top