15:24 / 29.06.2016
10741

70 dyuymli displey maktab doskalarini o‘rnini egallashi mumkin

Dell kompaniyasi maktab va idoralarda ishlatiladigan, bo‘r yoki magnit-marker bilan yoziluvchi doskalarni "ta'til"ga chiqarib, uning o‘rniga yangi 70 dyuymga ega C7017T sensorli monitoridan foydalanishni taklif qilmoqda. Mazkur elektron doska bir vaqtda teginuvchi 10 ta qo‘l vazifasini bajara oladi. 

To‘plamga ikkita stilus va yo‘qolishlarni oldini olish uchun ekranning magnit chetida joylashinuvchi masofaviy boshqaruv pulti kiradi. Mazkur doskada yorqinlik, yoritgich uzatilishi va xonadagi sharoitga muvofiq, displey ko‘rish burchagini sozlash imkoni mavjud. Sensorli Full HD panel nurlanishga qarshi qoplama, kompyuterni yoqish uchun HDMI, VGA, RS232, RJ 45 interfeyslari, shuningdek,  opsional simsiz modullarga ega. 

Yangi qurilmaning asosiy to‘plam bilan birgalikdagi narxi naqd 5 ming dollarni tashkil etadi.  Biroq C7017T monitori Microsoft kompaniyasining 84 dyuymli Surface Hub monoblokidan ancha arzonroqdir. Dell sensorli monitoriga ulanuvchi maktab/idora kompyuterlarining narxi 10 ming dollardan oshmaydi. 
 

Top