01:27 / 29.06.2016
4051

Apple kinoteatrdagi tomosha va konsert vaqtida iPhone kameralarini o‘chirib qo‘yishni rejalashtirdi

Apple korporatsiyasi ta'qiqlangan yerlarda qurilma kameralarini majburiy o‘chirib qo‘yishga imkon beruvchi texnologiyani patentladi. Bu haqida  9to5mac portali xabar beradi.

Majburiy o‘chirilish infraqizil signal va ma'lumotlar talqini tufayli amalga oshishi mumkin. Nashrning qayd etishicha, konsertga tashrif buyurganlar  ayrim insonlarning sahnani berkitib qo‘yuvchi smartfonlaridan halos bo‘lishadi. 

Bundan tashqari, bu kabi texnologiya  kinoteatrlarda chiqayotgan filmlarning qaroqchi nushalari ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, patentda ta'kidlanishicha, signallar  o‘chirilishdan tashqari, muzey kabi joylarda qo‘shimcha ma'lumotlarni olishga ham yordam berishi mumkin. 

«Infraqizil yoritgich obektga yaqin yerda joylashgan bo‘lishi va obekt haqidagi kodlangan ma'lumotlarga ega infraqizil signallarni ishlab chiqarishi mumkin. Elektron qurilma shundan so‘ng infraqizil signalllarni qabul qilib, xabarni kodlashi va foydalanuvchi obekti haqida ma'lumotlarni namoyish etishi mumkin bo‘ladi», —  deyiladi patent arizasi matnida.    

Top