12:33 / 29.06.2016
12665

Diqqat!!! Bir yigitni sog‘lom hayotga qaytaraylik!

Yaqinda Kun.uz tahririyatiga o‘g‘lini olib kelgan Baratov Mirvali ismli kishi e'lon bermoqchiligini, mehr-oqibatli insonlar yordamidan umidvor ekanligini aytdi. 
Siz suratda ko‘rib turgan Odilov Mirjalol ismli bu yigit Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani, Sultonravod dahasida istiqomat qiladi. Mirjalolning yoshi 17 da bo‘lib, tug‘ma yurak nuqsonidan aziyat chekadi. O‘smir yigit davolanish umidida 2011 yildan buyon juda ko‘plab tibbiyot markazlariga murojaat qildi. Afsuski, urinishlarning natijasi bo‘lmadi. Sababi, Mirjalol butunlay tuzalib, sog‘lom hayotga qaytishi uchun jarrohlik operatsiyasi Hindistonning rivojlangan tibbiyot markazlaridan birida o‘tkazilishi kerak ekan.  Darhaqiqat, Mirjalol siz azizlarning moddiy yordamingizga muhtoj.  Ramazon oyida ezgu ishga qo‘l urib, bir insonning hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lgan saxovatli insonlarning borligiga ishonamiz. 

Bog‘lanish uchun telefon raqamlar:

+99894-213-30-64
+99890-137-01-13

Top