02:44 / 29.06.2016
8681

Istanbul gubernatori: Portlash tufayli 28 kishi halok bo‘ldi, 60 kishi jarohatlandi

Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida amalga oshirilgan terrorchilik harakati natijasida 28 kishi nobud bo‘lgan, 60 kishi turli darajada jarohatlangan. Bu haqda shahar gubernatori Vasip Shahin so‘zlariga asoslanib RIA Novosti xabar qildi. 

“Terrorchilik harakati oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi, 60 kishi yaralandi. Taxminimizcha, bombalarni uch nafar terrorchi-xudkush portlatgan”, - dedi Shahin jurnalistlarga bergan intervyusida. 

Uch portlash xalqaro terminalga kirish, chiqish va avtoturargohda Toshkent vaqti bilan 00:00 atrofida ro‘y bergan. Aeroport yopilgan, yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi. Istanbulga yo‘l olgan reyslar boshqa shaharlarga yo‘naltirildi, aeroportning o‘zidan barcha parvozlar bekor qilindi.

Mavzuga oid
Top