09:18 / 29.06.2016
22958

Istanbul aeroportidagi terrorchi chor atrofga tartibsiz ravishda o‘q sochgan

Istanbuldagi Otaturk aeroportiga hujum vaqtida bosqinchilardan biri portlashlar sodir bo‘lishidan biroz avval tartibsiz ravishda otishma olib borgan, deb guvohga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

"Biz xalqaro terminalga kirdik va noma'lum erkakning tartibsiz o‘q uzayotganini ko‘rdik. U oldidan chiqqan istalgan odamni o‘qqa tutgan. U qora kiyimda, niqobsiz bo‘lgan. Men undan 50 metr uzoqda edim", deb aytdi Janubiy afrikalik sayyoh Pol Roos.

Uning aytishicha, portlashdan keyin noma'lum bosqinchi g‘oyib bo‘lgan va yana bir necha marta otishma yuz berib, keyin uchinchi portlash sodir bo‘lgan.

 

 

Mavzuga oid
Top