10:37 / 29.06.2016
17489

Kim Chen In ballistik raketa ishlab chiqaruvchilar bilan suratga tushdi

Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi xabar qilishicha, KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakat olimlarini "mudofaa sanoatidagi ilmiy izlanishlarda yangi marralarni egallash"ga chaqirgan. 

Koreya Mehnat partiyasi rahbari o‘rta va uzoq masofaga ucha oladigan "Xvason-10" ("Mars-10") toifasidagi strategik ballistik raketa ishlab chiqarganlar bilan suratga tushishdan avval, shu haqda so‘z yuritgan. "Havo-havo" rusumidagi raketa 23 iyun kuni sinovdan o‘tkazilgan edi. 

Kim Chen Inning ta'kidlashicha, "bu voqea mamlakat armiyasi va xalqining g‘alaba qozonishiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash barobarida dushmanlar orasiga qo‘rqinch solgan".

 

Foto:Google image

Mavzuga oid
Top