13:53 / 29.06.2016
5636

Hojson yakuniy matbuot anjumani vaqtida: Bu yerga nega kelganimni o‘zim ham tushunolmayapman

Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Roy Hojson Yevro-2016 yakunlariga bag‘ishlangan yakuniy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Bu yerda nima qilayotganimni o‘zim ham tushunolmayapman. Kecha hamma gapni aytib bo‘lgandim. Angliyaning musobaqani tark etishidan iztirobga tushgan muxlis va jurnalistlar uchun bu muhim deb aytishdi, shuning uchun ham keldim. Albatta men ham qayg‘udaman. Bunday yomon o‘yin namoyish etishimiz uchun hech qanday sabab, bahona yo‘q edi. Hozirgacha bu lahzalarni unutolmayapman. Bu tun ko‘pchiligimiz uchun og‘ir bo‘ldi.

Aytmoqchi bo‘lgan gaplarim shu. Yaxshi natijaga erisholmaganimizdan afsusdaman. Tanqidlarni qabul qilaman va futbolchilarni koyimasligingizni so‘rayman», — deydi Hojson.

Top