15:00 / 29.06.2016
5429

Putin Istanbuldagi terakt munosabati bilan Turkiyaga hamdardlik bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Istanbul aeroportidagi terakt munosabati bilan Turkiya xalqiga hamdardlik bildirdi.

"Biz chuqur qayg‘udamiz. Biz kecha bo‘lib o‘tgan terakt qurbonlari uchun hamdardlik bildiramiz", degan u yoshlar bilan uchrashuvi vaqtida.

U bu kabi hodisalar yuz bermasligi ta'minlanishi uchun "tinch muhit yaratish" kerakligini ta'kidlagan.

Bundan oldinroq, Rossiya Federatsiyasi kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachev Istanbuldagi terakt Turkiya hukumatining Rossiya va Isroil bilan munosabatlarini yaxshilash jarayonini boshlaganiga javoban amalga oshirilgani haqida fikr bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, 28 iyun, seshanba kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Otaturk nomli xalqaro aeroportda xudkush terrorchilar amalga oshirgan portlashlar oqibatida oxirgi rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra 36 kishi halok bo‘lgan, 147 kishi jabrlangan.

Top