22:19 / 29.06.2016
6512

Rossiya poytaxtida 30 iyun kuni havo haroratining sariq darajali xavfi e'lon qilindi

Moskva va unga tutash viloyatlarda 30 iyun kuni havo haroratining sariq darajali xavfi e'lon qilindi. Bunga o‘rmonlarda chiqayotgan yong‘inlar sabab bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Gidrometmarkazi ma'lum qilgan.

Meteorologlar prognoziga ko‘ra, 30 iyun kuni Moskvada bulutli havo bo‘ladi. Shamolning tezligi soniyasiga 5-10 metrga yetadi. Tunda 15–17 daraja, kunduzi esa 27 daraja issiq kuzatiladi.


Sariq darajasi bu ob-havoning xavfli ekanligidan dalolat beradi. Tabiiy ofatlar va talofatlar bo‘lishi mumkin. Bu tabiat xavflilik darajasining eng yuqori ko‘rsatkichidir. To‘rtinchi daraja esa qizil bo‘lib, ob-havo fojiali oqibatlarga olib kelishini anglatadi.

Top