12:31 / 29.06.2016
5647

ShHT bosh kotibi: Qozog‘istonning BMT XK doimiy bo‘lmagan a'zosi deb tanlanishi uning nufuzini e'tirof etishdir

Qozog‘istonning 2017-2018 yillarga BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy bo‘lmagan a'zosi deb saylanishi uning nufuzi va xalqaro obro‘sini, shuningdek mamlakatning dunyo hamjamiyatida katta rol o‘ynashini tan olishdir. Bu haqida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimov TASS agentligi muxbiriga ma'lum qildi. 

"Mustaqillik yillarida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev xalqaro hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan bir qator strategik muhim va tashqi siyosiy tashabbuslar bilan chiqdi, - deya ta'kidladi ShHT bosh kotibi. - Qozog‘iston prezidentining Osiyodagi xavfsizlik masalasiga yangicha qarashi Hamkorlik va ishonch choralariga doir anjumanda (SVMDA) amaliy tasdig‘ini topdi". 

Shuningdek u Qozog‘iston yetakchisi tashabbusi bilan chaqirilgan dunyo yetakchilari va an'anaviy dinlar s'yezdining muhim rolini ta'kidladi. 

"Qozog‘istonning BMT Xavfsizlik Kengashiga saylanishi respublikaning ShHTga raislik qilishni boshlashi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelishi ramziy ma'noga ega. Bu ShHTga BMT bilan yanada samarali hamkorlik qilish imkonini beradi", - deya ta'kidladi ShHT bosh kotibi. 

Qozog‘iston 28 iyun kuni ilk marta Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a'zosi sifatida tanlandi. Bosh Assambleyada mamlakatni 138 nafar BMT a'zosi qo‘llab-quvvatladi, Tailand esa 55 ovozga ega bo‘ldi. Qozog‘iston 2017 yilning 1 yanvaridan BMT XKda Malayziyaning o‘rnini egallaydi. 
 

Top