08:30 / 30.06.2016
3505

AQShda Iroqda 250 jangari yo‘q qilingani ma'lum qilindi

AQShning rasmiy vakili AQSh harbiy-havo kuchlarining Iroqdagi aviazarbalari oqibatida IShIDning kamida 250 jangarisi yo‘q qilinganini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ma'lum qilinishicha, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, shuningdek 40 ta harbiy texnika birligi yo‘q qilingan. 

IShIDning mobil karvoniga aviazarbalar Al-Falluja shahridan janubga tomon berilgan.

Avvalroq iroqlik harbiylar IShID tomonidan bosib olingan Al-Fallujadagi oxirgi tumanni qaytib olganlari ma'lum qilingandi.

Top