15:57 / 30.06.2016
6912

Xitoyda jahonda ilk bor 3D-printeridan chiqarilgan uy namoyish etildi

Jahonda 3D-printeridan chiqarilgan birinchi uy Xitoyda qad rostlaydi. Uning qurilishiga 45 kun ketdi. Uy arxitektorlarining aytishlaricha, ular turar-joy qurish borasida haqiqiy inqilob qilishdi.


Uyni olti yarim hafta ichida Pekinning Tunchjou tumanida barpo etishdi, deb xabar qilmoqda The Mirror. Natijada 400 m² maydonda devorlarining qalinligi 240 sm bo‘lgan ikki etajli imorat qad rostladi. Ushbu uy qurilishi bilan shug‘ullangan Huashang Tengda mahalliy firmasining aniqlik kiritishicha, binoning qurilishida ayrim hollarda qo‘l mehnatidan ham foydalanildi. Ishlarni esa mutaxassis-texnologlar kuzatib bordi.

Yirik sanoat printeri yordamida temirbeton elementlari yaratildi, so‘ngra ular huddi pazl bo‘lakchalariga o‘xshab, birlashtirildi. 
Konstruktorlarning tasdiqlashicha, ular qurgan uy sakkiz balli zilzilaga ham bardosh bera oladi.

Top