14:50 / 30.06.2016
9996

Hisobot: Xitoyda organlar uchun 1,5 million vijdon mahbuslari o‘ldirilgan

Xitoyda qora transplantologiyaning avj olishiga doir yangi ma'ruzaga ko‘ra, mamlakatda organlar uchun 1,5 million vijdon mahbuslari o‘ldirilgan. Bu haqida The Independent ma'lum qildi. 

Xabarga ko‘ra, ma'ruza Kanadaning sobiq davlat kotibi Devid Kilgur, huquq himoyachisi Devid Meytas va jurnalist Etan Gutman tomonidan tayyorlangan. Unga ko‘ra, garchi hukumat ikki yil avval bunday amaliyotga chek qo‘yishni buyurgan bo‘lsa-da, xitoylik jarrohlar yiliga 60 mingdan 100 minggacha transplantatsiyalarni amalga oshirishadi. 

Ta'kidlanishicha, yurak, jigar va boshqa organlar Xitoyda keng tarqalgan meditatsiya amaliyoti -  Falngun tarafdorlaridan olinadi. Unga amal qiluvchilar bir necha o‘n yillar davomida hukumat tomonidan ta'qib etib kelinadi. 

Manbaga ko‘ra, Xitoy hukumati yiliga 10 ming transplantatsiya opreatsiyasi o‘tkazilishini rasman ma'lum qilgan. Biroq ma'ruza mualliflarining fikricha, bu raqamlar ancha kamaytirilgan. 

O‘z navbatida, TIVda bu ma'lumotlar "asossiz" deb topildi. 
 

Foto:AFP/Getty Images

Mavzuga oid
Top