16:34 / 30.06.2016
30362

Istanbuldagi terakt ijrochilari Rossiya, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani ma'lum qilindi

Turkiya hukumati 29 iyunga o‘tar kechasi Istanbul shahridagi Otaturk nomli xalqaro aeroportda terakt sodir etgan xudkushlarning fuqaroligiga aniqlik kiritdi. Associated Press nashrining yozishicha, Istanbulda terakt sodir etganlar Rossiya, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishgan.

Bundan avvalroq OAVda Istanbul teraktlarini chechenistonlik terrorchilar uyushtirgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

28 iyun, seshanba kuni kechqurun Istanbuldagi Otaturk aeroporti xalqaro terminalida uchta portlash yuz berdi. Uch nafar xudkush terrorchi yo‘lovchilarni avtomatdan o‘qqa tutdi, so‘ng portlovchi qurilmalarni harakatga keltirdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt natijasida 42 kishi, jumladan 13 xorijlik qurbon bo‘ldi, 239 kishi yaralandi.

Qurbonlar orasida 2 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan.

Top