23:32 / 30.06.2016
4078

Italiya, Kolumbiya va AQSh politsiyasi 11 tonna kokainni yo‘q qildi

Italiya, Kolumbiya va AQSh politsiyasi 11 tonna kokain giyohvandlik moddasini yo‘q qildi va mafiya guruhi a'zoligiga gumon qilib, 33 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda “Reyter” agentligi xabar bermoqda.

Italiyaning mafiyaga qarshi kurashish milliy bo‘limi rahbari Franko Robertining ma'lum qilishicha, kokainning katta qismi Kolumbiyada musodara qilingan.

Agentlikning xabariga ko‘ra, jinoiy to‘da kokainni Kolumbiyadagi jungleyda joylashgan yettita laboratoriyada tayyorlagan. Narkotiklar tropik mevalar konteynerida Yevropaga va AQSh orqali Panama, Kosta-Rika va Dominikan respublikalariga yetkazib berilgan.


Rimda o‘tgan matbuot anjumanida Robertining aytishicha, operatsiya AQSh giyohvand moddalarga qarshi kurashish boshqarmasi va uning Italiya va Kolumbiyadagi xodimlari hamda shu davlatlarning politsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.

Top