09:10 / 30.06.2016
5223

Mo‘g‘ulistonda o‘tgan parlament saylovida xalq partiyasining qo‘li baland keldi

Asosiy muxolif kuch hisoblanmish Mo‘g‘uliston xalq partiyasi (MXP) respublikada o‘tgan parlament saylovlarida g‘olib bo‘ldi. MXP rahbari Miyeegombyn Enxboldning ma'lum qilishicha, uning partiyasi mamlakat parlamenti – Buyuk davlat xuralidagi 76 o‘rindan 63 tasini egallagan.

"MXPdan nomzodlar 76 ta saylov okrugidan 63 tasida muvaffaqiyatga erishishdi", - deb uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi MONTsAME axborot agentligi. "Biz sizning ishonchingiz ulkan mas'uliyat ekanligini tushunamiz", - deb murojaat qildi Enxbold saylovchilarga. "Partiyamiz ishonchingizni oqlaydi, iqtisodiy o‘sishni qayta tiklashni kuchaytiradi va ijtimoiy faravonlikni dunyo darajasiga olib chiqadi", - dedi u.

Hukmron Mo‘g‘uliston Demokratik partiyasi rahbari Zandaaxuugiyn Enxboldning ma'lum qilishicha, u “xalq tanlovini hurmat qiladi” va MXPga omad tilaydi.

Eslatib o‘tamiz, Mo‘g‘ulistonda parlament saylovlari 29 iyunda o‘tkazilgan edi.

Mavzuga oid
Top