18:44 / 30.06.2016
3890

RFI Leonid Slutskiy Rossiya terma jamoasini tark etganini rasman ma'lum qildi

Rossiya futbol ittifoqi Leonid Slutskiyning terma jamoa bosh murabbiyligini tark etganini rasman tasdiqladi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

"RFI Leonid Viktorovich Slutskiyga u terma jamoa bilan 2016 yilgi Yevropa chempionatiga yo‘llanma olgani va turnirda ishtirok etib qaytgani uchun minnatdorchilik bildiradi. Unga murabbiylik faoliyatida zafarlar tilaymiz", deyilgan xabarda.

Slutskiy 2015 yilning yozida Fabio Kapello iste'foga chiqarilgach uning o‘rniga Yevropa chempionati yakunigacha tayinlangandi. Rossiya terma jamoasi uning boshchiligida Yevro-2016 saralashida qatorasiga 4 uchrashuvda g‘alaba qilib, turnirga yo‘llanma oldi.

Fransiyada davom etayotgan turnir guruh bosqichida rossiyaliklar Angliya, Slovakiya va Uelsga qarshi uchrashuvlar o‘tkazi, 1 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etdi hamda turnirni tark etdi.

3-turda Uelsga qarshi o‘yindan keyin Slutskiya terma jamoadan ketishi haqida ma'lum qilgandi. U terma jamoada TsSKA bosh murabbiyligidagi lavozimini saqlab qolgan holda faoliyat ko‘rsatdi va endi moskvaliklar jamoasidagi ishini davom ettiradi.

Top