17:04 / 30.06.2016
6808

Turkiya IIV: Istanbul terakti qurbonlari soni 43 nafar, shundan 19 nafari xorijlik

Turkiya Ichki ishlar vaziri Efkan Alaning ma'lum qilishicha, Istanbul aeroportidagi terakt oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 43 nafarga yetdi va ularning 19 nafari xorijliklar.

29 iyunga o‘tar kechasi sodir etilgan terakt oqibatida 240dan ortiq kishi jarohatlangandi. Bugunga kelib, shifoxonalarda 94 kishi qolmoqda.

"Ayni vaqtda terakt ijrochilaridan birining shaxsiga aniqlik kiritildi. Terakt oqibatida qurbon bo‘lganlarning soni 43 nafarga yetgan. Shundan 19 nafari xorijlik", deya vazirning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Bungacha qurbonlar soni 41 nafarligi, shundan 13 nafari xorijlik ekani aytilayotgandi.

Bundan avvalroq teraktga aloqadorlikda gumonlanib, 13 kishi qo‘lga olingani, ulardan 4 nafari xorijlik ekani ma'lum qilingandi.

Top