00:08 / 30.06.2016
3406

Ueyn Runi: «Angliya terma jamoasining yangi murabbiyi ingliz bo‘lishi shart emas»

Angliya terma jamoasining sardori Ueyn Runi terma jamoaga yangi murabbiy tayinlanishi masalasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Murabbiyning ingliz bo‘lishi yaxshi, albatta. Asosiysi kerakli mutaxassis bo‘lsin. U ingliz bo‘ladimi yoki yo‘q, mazkur vazifani qabul qilib olishi uchun yetarli tajriba va darajaga ega bo‘lishi lozim.

Bir narsani aytishim mumkin: yangi murabbiyning o‘rnida bo‘lganimda hayratga tushgan bo‘lardim. Hozir buni anglash qiyin, ammo bizning tarkib juda yorqin», – dedi Runi.

Manba: Tribuna.Uz

Top