19:06 / 01.07.2016
5982

Amsterdamda Porsche Cayenn to‘xtab turgan Smart’ni cho‘ktirib yubordi

Facebook foydalanuvchisi Bry Kate Amsterdamda suvdagi kater bilan poyga o‘ynagan Porsche Cayenne avtomobili haqidagi videoni joylashtirdi. Ikki kun ichida videorolik 6 million marta tomosha qilindi. Bu haqda Carcoops portali ma'lum qilmoqda.

Poygada yetakchilikni karter qo‘lga kiritgan. Uning ortidan tor ko‘chada Porsche Cayenne quvgan. U ko‘cha qayrilishida to‘xtab turgan Smart’ga zarb bilan urilishi oqibatida mitti mashina suvga cho‘kib ketgan.

Ma'lum qilinishicha, rolikdagi harakatlar The Hitman's Bodyguard filmi suratga olish maydonchasida olingan. Ammo mashinaning suvga qulashi rejadan tashqari ish bo‘lgan.

Top