21:11 / 01.07.2016
4190

Xaker Oculus rahbarini Twitter’da “ishdan bo‘shatdi”

Lid nikli xaker Oculus hamtashkilotchisi Brendan Irbening tvitter-akkauntiga kira oldi va uning nomidan kompaniyaning yangi bosh direktorini tanishtirdi. Bu hodisaga TechCrunch nashri o‘z e'tiborini qaratdi.

"Biz Oculus’da yangi bosh direktorni tanishtirishdan mamnunmiz. @Lid! :)", - deyiladi Brendanning tvitterdagi sahifasida. Shuningdek, sahifada qoldirilgan yozuvlarga ko‘ra, xaker akkauntning xavfsizligini tekshirmagan, u shunchaki ko‘ngilxo‘shlik qilgan.

Voqea 29 iyunda yuz berdi. Xaker tomonidan qoldirilgan tvit ertasi kuni o‘chirib tashlandi. Facebook kompaniyasi rahbariyati (Oculus ularga qarashli) vaziyatga izoh bermagan.

Top