21:48 / 01.07.2016
27261

Ramazon hayiti 6 iyulda bo‘lishi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e'lon qilish to‘g‘risida”gi 1992 yil 27 martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq: 

1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2016 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 6 iyul chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini e'tiborga olib, 2016 yil 6 iyul dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin. 

2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari va boshqa mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Ramazon hayitini joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tkazish uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin. 

3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 
Toshkent shahri, 2016 yil 1 iyul

Top