17:27 / 01.07.2016
3918

TIAISVda o‘zbek-yapon hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

30 iyun kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida (TIAISV) Yaponiyaning O‘zbekiston respublikasidagi elchisi Fumixiko Kato bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. 

Vazirlik matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, uchrashuv davomida tomonlar Toshkent davlat texnika universiteti qoshida mintaqamizda yagona o‘zbek-yapon innovatsiyalar markazini yaratish loyihasini amalga oshirishga doir  batafsil muhokama o‘tkazishadi. Uning faoliyati hamkorlikdagi innovatsion tadqiqotlarni O‘zbekistonda ilg‘or yapon tajribasini yo‘lga qo‘yishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. 

Tomonlar TIAISV delegatsiyasi va O‘zbekiston yosh olimlarining joriy yil may oyidagi Tokioga tashrifi yakunlarini yuqori baholashdi. Tashrif chog‘ida yoshlar markazi Kontseptsiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, shuningdek hamkorlikdagi tadqiqotlar yo‘nalishlari oldindan kelishib olindi. 

Ikki tomon Markaz yaratish loyihasini tez orada amalga oshirishga yo‘naltirilgan keyingi vazifalarni aniqlab olishdi. 

Shuningdek uchrashuv chog‘ida uzoq muddatli "Yupiter" dasturini amalga oshirishga doir fikrlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. 
 
 

Top