00:37 / 01.07.2016
7508

Ukrainalik amaldorlar yetim bolalarga soxta iPhone’lar sovg‘a qilishdi

Ukrainalik amaldorlar yetim bolalarga bir necha iPhone 5s va iPhone 5c smartfonlarini sovg‘a qilishdi. Ushbu qurilmalar Xitoyning qalbaki nusxalari bo‘lib chiqdi. Bu haqida mahalliy OAV xabar qiladi

Sovg‘alar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan professional-texnika o‘quv bilim yurti bitiruvchilariga topshirildi. 

Qayd etilishicha, ayfonlarning original emasligini osongina farqlash mumkin  — 34 smartfonda ham Android opertsion tizimi mavjud edi.

«Menga tushuntirib berishlaricha, iPhone'ni qiyofadoshi bo‘lgan bu telefonlarda Android dasturiy ta'minoti mavjud bo‘lib, u iOS'ga o‘xshaydi. Buni darhol bilishning iloji bo‘lmadi, chunki shrift va belgilar juda o‘xshash edi. Biroq xizmat markazlaridagilar menga dasturiy ta'minot boshqa ekanligini aytib o‘tishdi. U orqali  Google Play'da hech nimani yuklab olishning imkoni yo‘q, hattoki, uni topib olishni ham iloji bo‘lmadi. Shuning uchun bu telefonga markazlarning birida hech qanday dastur yuklab bo‘lmadi. Hech kim buni qayerda va qanday amalga oshirishni  bilmaydi», — deydi bitiruvchilardan biri.
Rasmiy press-relizda qayd etilishicha, apparatlar bir yarim yil avval musodara qilingan.
 

Top