02:25 / 02.07.2016
6846

BMT: 85 ming nafar suriyalikka Iordaniya chegarasida faqat suv berilmoqda

Iordaniya chegarasidagi vaqtinchalik qochqinlar lagerida 85 ming nafardan ziyod suriyalikka  o‘n kundan buyon faqatgina suv berilmoqda. Bu haqda BMT bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik aytib o‘tgan.

“BMT va uning hamkorlari Suriyaning Iordaniya bilan chegaradosh hududdagi qochqinlarning vaqtinchalik lageridagi odamlarga suv, yegulik va tibbiy jihozlar yetkazilishni zudlik bilan tezlashtirish kerakligiga chaqirmoqda. U yerdagi odamlar juda qiyin vaziyatga tushib qolishgan”, - deydi Dyujarrik.

Vaziyat 21 iyun kuni qochqinlar lageridan uncha uzoq bo‘lmagan yerda avtomobilning portlashi natijasida Iordaniya chegarasining yopilishidan so‘ng taranglashdi. O‘shanda olti nafar iordaniyalik chegarachi halok bo‘lgan, 14 nafari yaralangan edi. Teraktni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgandi.

Top