10:40 / 02.07.2016
4641

Xitoy janubida yuz bergan ko‘chki 11 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Xitoyning janubiy Guychjou provinsiyasida sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatida 11 kishi halok bo‘lib, yana 12 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda, deb xabar qilgan «Sinxua» agentligi. 

Mahalliy hukumat xabarlariga ko‘ra, Bitsze shahri yaqinidagi qishloqqa yopirilgan ko‘chki ostida 30 kishi qolib ketgan. Ulardan 7 nafari halokatdan qutilib qolishning uddasidan chiqqan. Hodisa joyida 800dan ortiq askar va qutqaruvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular, yo‘qolganlarni topish maqsadida og‘ir texnikalardan foydalanmoqda. 

Umuman, Xitoy janubida surunkali yomg‘irlar mavsumi boshlanganidan beri kamida 34 kishi hayotdan ko‘z yumgan yoki bedarak yo‘qolgan. 

Suv toshqinlari yuzlab uylarning vayron bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 10 minglab odamlar ko‘chirilgan, yetkazilgan iqtisodiy talofat o‘nlab million dollarga baholanmoqda. 

 

foto:Source: Xinhua

Top