12:58 / 02.07.2016
5028

Sony Mobile o‘zining AQSh va Xitoydagi faoliyatini qisqartirmoqda

Sony o‘zining mobil bo‘limini sotishga doir mish-mishlarni inkor etmoqda, biroq kompaniya smartfonlar bozorida biror bir muvaffaqiyati bilan ham maqtana olmaydi. O‘tgan yili yapon ishlab chiqaruvchisi yo‘nalishni o‘zgartirishga va yuqori narx segmentli qurilmalarga diqqatini qaratishga qaror qildi, ammo bunday strategiya kutilgan natijalarni bermadi. 

So‘nggi moliyaviy hisobotda kompaniya xarajatlarni qisqartirish maqsadida o‘z biznesining AQSh, Hindiston, Xitoy va Braziliyada qayta tashkil qilinishi haqida xabar berdi. 

Hozircha bu davlatlarning bozorlaridan ketish to‘g‘risida hech qanday ma'lumot yo‘q, biroq shu bilan birga Sony sotuvlarining o‘sishiga ham umid qilmayapti. Ustuvor mintaqalar ro‘yxatida Yevropa, Sharqiy Osiyo (Yaponiya bilan birga) va O‘rta Sharq qolmoqda. Aynan shu yerda kompaniya yangilangan Xperia X brendini targ‘ib qilishni rejalashtirmoqda. Bu g‘oya qanchalik muvaffaqiyatga erishishini esa vaqt ko‘rsatadi. 
 

Mavzuga oid
Top