00:56 / 03.07.2016
12551

Checheniston poytaxtida 30 ming kishilik iftor dasturxoni yozildi

Checheniston poytaxti Grozniy markazida uyushtirilgan Rossiyadagi eng katta iftor dasturxoniga 30 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi. Mehmonlar uchun umumiy uzunligi 18 kilometr bo‘lgan 2,5 ming stolda dasturxon yozildi. 

«Iftorga nafaqat respublikadan, balki qo‘shni mintaqalar, jumladan, Ingushetiya, Qorachoy-Cherkasiya va Dog‘istondan ham mehmonlar kelishdi. Oshpazlar uchta oshxonada Kavkaz va Osiyo taomlarini tayyorlashdi. Maxsus konsert dasturi davomida diniy qo‘shiqlar ijro etildi», — deya ma'lum qilgan Grozniy meriyasi matbuot xizmati.

Tadbir Ramazon oyining 27-kuni nishonladigan Qadr kechasi oldidan o‘tkazildi.

Ahmad hoji Qodirov fondi tomonidan uyushtirilgan iftorda Checheniston rahbari vazifasini bajaruvchi Ramzan Qodirov ishtirok etdi.

Top