16:39 / 03.07.2016
8732

Yevro-2016. Fransiya - Islandiya arafasida taxmin

Bugun, 3 iyun kuni Parij shahridagi «Stad de Frans» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 23:59da Yevropa chempionatining chorak finalidagi to‘rtinchi uchrashuv boshlanadi.

Jamoalar holati

Fransiya termasi o‘zi mezbonlik qilayotgan Yevro-2016 turniri davomida hali biror marta jamoaning kutilgan o‘yinni namoyish etgani yo‘q. Guruh bahslaridagi Ruminiya va Albaniyaga qarshi bahslar juda nursiz o‘tgandi. 1/8 finalda Irlandiya termasi ilk daqiqalardanoq mezbonlarni asabiylashishga majbur etgan bo‘lsada, yakunda Desham shogirdlari g‘alaba qozondi.

Alohida fakt: Yevro-2016 davomida fransuzlar darvozasiga kiritilgan har ikki gol penaltidan urilgan.

Islandiya termasi butun dunyo futbol ishqibozlariga ajoyib ertak sovg‘a qilgani bor gap. Lekin, jamoa yarim finalgacha juda mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi: Portugallar bilan Xalldorson darvozasiga tinimsiz bosim o‘tkazilgan og‘ir o‘yin (1:1), Vengriya qarshi g‘alaba boy berilgan bahs(1:1), avstriyaliklar bilan so‘nggi daqiqalardagi muvaffaqiyat (2:1), Angliya termasiga qarshi 90 daqiqalik sifatli o‘yin gnomlar yurti vakillarining omadli ekanidan dalolatdir.

Tarkib haqida
Islandlar tarkibida hech qanday muammo yo‘q. Frantsuzlarda esa diskvalifikatsiya tufayli Odil Rami va Ngolo Kante maydonga tusha olmaydi. Ramining o‘rniga Samuel Umtiti, Kante o‘rniga esa Yoan Kabay maydonga tushishi kutilmoqda.   

Taxminiy tarkiblar:

Fransiya: Loris, Evra, Koselni, Umtiti, Sanya, Kabay, Matyuidi, Pogba, Payye, Jiru, Grizmann.

Islandiya: Xalldorsson, Skulason, R.Sigurdsson, Arnason, Sevarsson, Gunnarson, G.Sigurdsson, Gudmundsson, B.Byarnason, Bedvarsson, Sigtorsson.

Taxminiy hisob: Fransiya — Islandiya — 2:1

Elmurod Ermatov, Andijon

Top