03:50 / 03.07.2016
15043

Germaniya-Italiya uchrashuvida Yevropa chempionati rekordi takrorlandi

Germaniya terma jamoasi Yevropa chempionati chorak finalida Italiyaga qarshi maydonga tushib, penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi (1:1, pen. – 6:5) va Euro-2016 yarim finalida o‘ynaydigan bo‘ldi.

Ushbu uchrashuv Yevropa chempionatidagi penaltilar seriyasi eng uzoq vaqt davom etgan 2 o‘yindan biri sifatida turnir tarixiga kirdi. Penaltilar seriyasida jamoalar 9tadan jami 18ta zarba ijro etishdi. Oxirgi marta bunday holat 1980 yilgi Yevropa chempionatida qayd etilgan, o‘shanda ham Italiya Chexoslovakiya terma jamoasiga mag‘lub bo‘lgandi (1:1, pen. – 8-9).

Yoaxim Lyov shogirdlarining yarim finaldagi raqibi Fransiya va Islandiya terma jamoalari uchrashuvida aniqlanadi. Nemislarning yarim finaldagi o‘yini 7 iyul kuni Marselda o‘tkaziladi.

Manba: Tribuna.uz

Top