16:42 / 03.07.2016
7535

Manba: Il-76 samolyoti bortidagilarning barchasi halok bo‘lgan

Rossiya FVVga qarashli bo‘lgan va Irkutsk viloyatida halokatga uchragan Il-76 samolyoti ekipaji hamda yo‘lovchilarining barchasi halok bo‘lgan. Bu haqda FlashSiberia xabar tarqatdi.

«Bortda bo‘lganlarning barchasi halok bo‘lgan», — deyilgan manbada.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, voqea joyida tergov qo‘mitasi vakillari va prokuratura ish olib bormoqda.

Bundan oldinroq qutqaruvchilar Il-76 samolyotida bo‘lganlarning 6 nafari jasadi qoldiqlari topilgani haqida xabar berilgandi.

Top