02:51 / 03.07.2016
15670

Noxush an'anaga barham berildi. Germaniya Italiya to‘sig‘idan o‘tdi

Yevropa chempionatining chorak finali doirasidagi yana bir uchrashuv Italiya va Germaniya o‘rtasida o‘tkazildi.

O‘yinning 65 daqiqasida Mesut O‘zil hisobni ochdi. O‘yin yakunlanishiga 13 daqiqa qolganida Bonuchchi penaltini golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi.

O‘yinning asosiy vaqtida hisob o‘zgarmadi. Qo‘shib berilgan bo‘limlarda ham gol urilmadi va hakam jamoalarni penaltilar seriyasiga taklif etdi.

Futbol lotereyasida omad nemislarga kulib borqdi.

Qayd etish kerakki, penaltilar seriyasi o‘ta hayajonli o‘tdi.

Germaniya tomonidan Myuller, Mesut O‘zil va Sebastyan Shvayntayger zarbani amalga oshirishda xato qildi. Italiya vakillaridan esa Zaza, Grasiano Pelle, Bonuchchi va Darmian tepgan to‘p darvozaga kirmadi. Hal qiluvchi gol nemislar himoyachisi Hektor tomonidan urildi va Germaniya noxush an'anaga chek qo‘yib, Italiya to‘sig‘idan o‘tgan holda yarim finalga chiqdi.

Shu vaqtgacha Italiya terma jamoasi rasmiy musobaqalarda Germaniyaga hech qachon yutqazmagandi.

Jahon va Yevropa chempionatlarida ikkala terma jamoa shu paytgacha 8 marta kuch sinashgandi. Italiya 4 marta g‘alaba qozongan, 4ta o‘yin durang natija bilan yakunlangan.

Umuman Germaniya va Italiya jami 33 marta o‘ynagan. Italiyada 15 g‘alaba, Germaniyada 8 g‘alaba, 10ta durang. To‘plar nisbati 40:49.

Shu bilan birga Germaniya Yevropa chempionatlari chorakfinalida hech qachon mag‘lub bo‘lmagandi.

Germaniya – Italiya 1:1

Gollar: 1:0 – 65 O‘zil, 1:1 – 78, penalti Bonuchchi.
Germaniya – Noyyer, Boateng, Xektor, Xevedes, Xummels, Kimmix, Kroos, Xedira (Shvaynshtayger, 16), Ozil, Myuller, Gomes (Draksler, 72).
Italiya – Buffon, Bonuchchi, Kellini (Dzadza, 120), De Shilo, Bardzali, Parolo, Florentsi (Darmian, 86), Sturaro, Jakkerini, Pelle, Eder (Insine, 108).
Penaltilar seriyasi:
1:0, 1:12:12:23:23:34:34:45:45:56:5.
Ogohlantirishlar: Sturaro (56), De Shilo (57), Parolo (59), Hummels (90), Pelle (91), Jakkerini (103), Shvaynshtayger (112).

 

 

Top