21:48 / 03.07.2016
15557

Nyu-Yorkdagi Markaziy xiyobonda noxush hodisa sodir bo‘ldi

AQShning Nyu-Yorkning Markaziy xiyoboni hududida kichik portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy nashrlarga asoslanib, RIA Novosti xabar tarqatdi.

Nashrlarda yozilishicha, pirotexnik vosita portlagan bo‘lishi mumkin. Hodisaning aniq sababi keltirilmagan.

Portlash tufayli jabrlangan shaxs shifoxonaga olib ketilgan.

Top