09:04 / 03.07.2016
6354

Janni Infantino: «JChda 40 terma jamoa qatnashishi mumkin, bu yer yuzida futbol rivojlanishi uchun muhim»

FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionati ishtirokchilari sonini 40taga yetkazish rejasi haqida gapirdi.

«Turnirga ko‘proq davlatlarni jalb etish futbolni rivojlantirish uchun muhim. Biz bu loyihani avvaliga futbolchilar, klublar, ligalar, assotsiatsiyalar va hamkorlarimiz bilan muhokama etamiz, keyin bu fikrlarni solishtirib chiqamiz.

Yevro-2016 o‘yinlarida yetarlicha jangovarlik saqlanib qolmoqda. Guruh bosqichida jamoalar oxirgi turgacha kurashni davom ettirishdi.

Yevropa chempionati va Amerika Kubogi ko‘rsatdiki, dunyo futboli darajasi o‘smoqda. Jahon chempionatida ishtirokchilar sonini 40taga yetkazsa bo‘ladi, chunki bu odatiy turnirdan ko‘ra dunyo miqyosidagi hodisadir», – degan Infantino.

Top