18:54 / 04.07.2016
8854

Android-smartfonlarning ikkita eng xavfsiz rusumi aniqlandi

Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar himoyalanmaganining asosiy sababi ko‘pchilik smartfon ishlab chiqaruvchilarning xakerlar tomonidan aniqlanib, ular tomonidan faol qo‘llanadigan "darcha"larni tezkorlik bilan yopa olishga tayyormasligi hisoblanadi, deb xabar bermoqda Android Authority. 

Kompyuter xavfsizligi sohasida tan olingan mutaxassis Gel Beniamini Google platformasidagi qolgan qurilmalardan farqli o‘laroq xavfsizlik eng yuqori darajada ta'minlangan ikkita qurilmalar rusumini ajratdi. Uning ta'kidlashicha, o‘z ma'lumotlari haqida qayg‘uradigan foydalanuvchilar Google Nexus yoki Samsung qurilmalarini sotib olishlari kerak. Google smartfonlari kompaniyadan birinchi bo‘lib dasturiy ta'minot yangilanishini oladi, shuning uchun tizimda aniqlangan istalgan zaif joy bu qurilmalarda birinchi navbatda tuzatiladi. 

Smartfonlar dunyo bozorida savdolar bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Samsung kompaniyasi o‘z qurilmalari proshivkalarini yangilashda uncha ham ortda qolishmaydi, chunki katta resurslarga va ekspertizaga (jumladan, dasturiy ta'minot ishlab chiqarish sohasida) ega. 

Beniaminining ta'kidlashicha, yanvar va hozirda turli rusumdagi smartfonlarni sinovdan o‘tkazishda quyidagilar aniqlandi: yarim yil avval yopilmagan "darcha"lardan eng ko‘pi ayni vaqtga kelib aynan Nexus smartfonlari va Samsung qurilmalarining oxirgi modellarida bartaraf etilgan.

Top