18:03 / 04.07.2016
5001

Buemi Formula-Ye chempioni bo‘ldi

Sebasten Buemi Formula-Ye poygalari chempion bo‘ldi. e.Dams jamoasi a'zosi shaxsiy ko‘rikda, o‘zining yaqin ta'qibchisi AVT jamoasi a'zosi Lukas di Grassini 2 ochkoga ortda qoldirib, 155 ochko to‘play olgan. 

3 iyul kuni Londonda bo‘lib o‘tgan so‘nggi poygadan avval, Di Grassi va Buemi o‘rtasida 3 ochkolik farq bor edi. So‘ngra, Buemi malaka poygasida g‘alaba qozonib, braziliyalik avtopilot bilan tenglashib oldi. 

Finishga qolgan vaqt bo‘yicha eng yaxshi natijani Buemi namoyish etib, Di Grassini ikki ochkoga ortda qoldirdi. Umuman oxirgi poyganing o‘zida e.Damsning yana bir a'zosi Nikolya Prost g‘alaba qozondi. U, chempionatning bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Qayd etish kerak, e.Dams jamoasi ikkinchi yildirki birinchi o‘rinni egallamoqda. Ikkinchi o‘rinda ABT, uchinchida DS Virgin Racing jamoasi joylashdi. Formula-Yening yangi mavsumi 2016 yil oktabr oyida Honkong poygalari bilan boshlanadi. 
 

Mavzuga oid
Top