16:34 / 04.07.2016
6666

Hindistonda sigirlar uchun “ishonch telefoni” ishga tushdi

Hindistonning Xaryana shtatida sigirlar uchun 24 soat ishlaydigan  “ishonch telefoni” ishga tushdi. G‘oya tashabbuskori mahalliy politsiya hisoblanadi. Bu haqda The Indian Express xabar bermoqda.

Yangi xizmatga sigirlar kontrabandasi va ularning so‘yilishiga oid xabarlarni yetkazish mumkin. Olingan xabar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan tekshirib ko‘riladi.

Ma'lumot uchun: induizm dinida sigirlar muqaddas jonivorlar hisoblanishadi. 2015 yilda shtat hukumati sigirni so‘ygan odamga 10 yil qamoq jazosi berilishi haqida yangi qaror qabul qildi, deb yozadi Mashable. Xaryanada, shuningdek, sigirlarni noqonuniy tashish ham taqiqlangan.

Top