13:54 / 04.07.2016
9394

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida 5,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

4 iyul kuni Qirg‘iziston, Tojikiston va Xitoy chegarasida 5,1 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Qozog‘iston  ta'lim vazirligi qoshidagi seysmologiya ilmiy-amaliy ekspeditsiyasi ma'lum qilgan.

"Zilzila epimarkazi Olma-ota shahridan 497 km janubiy-g‘arbda, Qirg‘iziston, Tojikiston va Xitoy chegarasida yuz berdi", — deyiladi ma'lumotda.

Yer osti silkinishlari Olma-ota vaqti bilan 08:24 da (Toshkent vaqti bilan 07:24) kuzatilgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.

Jabrlanganlar va vayronagarchilik haqida ma'lumotlar mavjud emas.

Top