14:16 / 05.07.2016
2600

Avstriya IIV rahbari takroriy prezidentlik saylovi o‘tkazishni taklif etmoqda

Avstriya ichki ishlar vaziri Volfgang Sobotka, shu yilning 2 oktabr kuni mamlakatda takroriy prezidentlik saylovi o‘tkazish taklifini ilgari surdi, deya xabar qilmoqda Reuters. U hukumat yig‘ilishi arafasida shunday fikrni bildirgan. 

Avvalroq, Avstriya prezidentligi uchun saylovlarning yangi bosqichi sentabr oyi oxirida bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan edi. 

1 iyul kuni mamlakat Konstitutsiyaviy sudi 22 may kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi natijasini, Avstriya Ozodlik partiyasining shubhalaridan so‘ng, bekor qilgan edi. 

 

Foto:REUTERS/HEINZ-PETER BADER

Top