15:55 / 05.07.2016
5315

BAA bag‘rikenglik vaziri: dunyodagi zo‘ravonliklarning dinga daxli yo‘q

Jahon dinlarining dunyoda sodir bo‘layotgan zo‘ravonliklarga umuman aloqasi yo‘q, degan fikrni bildirgan BAA bag‘rikenglik va iqtisodiyot davlat vaziri shayxiya Lyubna al Qosimiy xonim RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida. 

"Dunyoning barcha dinlari tinchlikni targ‘ib qiladi. Bugungi kunda, jahonni larzaga solayotgan zo‘ravonliklar, vahshiylik va ko‘raolmaslik hollarining mazkur dinlarga umuman aloqasi yo‘q hamda ularning bag‘rikengligini aks ettirmaydi", — deya ta'kidlagan al Qosimiy. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, arab dunyosi fundamentalizm, ekstremizm va zo‘ravonliklarning o‘sishi bilan bog‘liq tahdidlarga to‘qnash kelmoqda. Aslida bir jamiyatdagi bu kabi salbiy ko‘rinishlar, ijtimoiy qatlamlar, ayniqsa yoshlar orasida birdek tarqalishi bilan yanada xavfli tus olib boradi. 

Arab dunyosidagi obro‘li va ta'sirli siyosatchi ayollardan birining fikricha, "xalqaro hamjamiyat ekstremizmga qarshi kurashish va uni ildizi bilan yo‘q qilishni xohlar ekan, tinch yo‘ldan borishi, turli din vakillarining birga osoyishta yashashini mustahkamlashi, bir-biri bilan uzviy bog‘liq jamiyatlarni barpo etishi kerak bo‘ladi". 

 

Foto:© AP 

Top