06:46 / 05.07.2016
25004

Nabaviy masjidi yonidagi portlashda halok bo‘lganlar soni 4 kishiga yetdi

Madinai Munavvaradagi barcha musulmonlar uchun tabarruk masjid – Muhammmad (s.a.v.) payg‘ambarning masjidlari – Nabaviy masjidi yonida terror-xudkush tomonidan amalga oshirilgan portlashda Saudiya Arabistoni xavfsizlik kuchlarining 4 nafar xodimi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Al Arabiya.

Portlash har yili millionlab musulmonlar ziyorat qiladigan masjid va sud o‘rtasidagi avtoturargohda yuz bergan.

Bundan tashqari, 4 iyulda mamlakatning Al-Qatif va Jidda shahrida ham xudkushlar tomonidan ikkita portlash sodir etildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu portlashlarda terrorchilardan boshqa hech kim halok bo‘lmagan.

Avvalroq Nabaviy masjidi yonidagi portlashda 2 nafar harbiy halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Top