22:39 / 05.07.2016
6697

Nazarboyev va Erdo‘g‘an ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an telefon orqali suhbatda ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari hamda savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda o‘zaro harakatlarni faollashtirish yo‘llarini muhokama qilishdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti saytida ma'lum qilindi.

"Erdo‘g‘an ishonchli suhbat va ikki tomonlama munosabatlarning butun kompleksini kengaytirish bo‘yicha yaqindan birgalikdagi ishni davom ettirishga tayyorligini ta'kidlab o‘tdi. Suhbat turk tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi", deb aytildi xabarda. 

Bundan tashqari, Erdo‘g‘an Nazarboyevni Ramazon hayiti va kelayotgan Poytaxt kuni bilan tabrikladi.

Top