15:13 / 05.07.2016
4620

Pokistonda portlash yuz berishi tufayli 11 kishi jarohatlandi

Pokistonning Xaybar-Paxtunxva viloyatidagi Mardan okrugida bomba portlashi tufayli 11 kishi jarohatlandi. Shundan 2 nafari politsiyachi. Bu haqda mahalliy ARY News telekanali xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, bomba do‘kon yaqinida o‘rnatilgandi. Sapyorlarning baholashicha, unda 600 gramm miqdoridagi portlovchi modda bo‘lgan.

Jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga yotqizilgan. Ularning ahvoli haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Huquq tartibot organlari xodimlari portlovchi qurilmani joylashtirgan jangarilarni qidirish ishlarini olib borishmoqda.

Xaybar-Paxtunxva viloyati Pokiston shimoli-sharqida, Afg‘oniston bilan chegara hududida joylashgan bo‘lib, bu hududda "Tolibon" harakati ta'siridagi kuchlar o‘rnashgan.

Top