15:51 / 05.07.2016
9686

Supermenning sevgilisi rolini ijro etgan aktrisa hayotdan ko‘z yumdi

AQShda ilk bor Supermenning sevgilisi rolini ijro etib, nom qozongan aktrisa Noel Nill hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida Entertainment Weekly ma'lum qildi.

Aktrisa 95 yoshida o‘zining Arizonadagi uyida uzoq davom etgan kasallikdan vafot etdi.

Nill "Supermen" (1948), "Atom odam Supermenga qarshi" (1950) filmlarida, shuningdek "Supermenning sarguzashtlari" (1952-1958) teleserialida Lois Leyn rolini mahorat bilan ijro etgan.

Aktrisaning bu turkumdagi filmlardagi ishtiroki shu bilan cheklanib qolmadi, 1978 yilda Nill "Supermen" filmida Leynning onasi rolini o‘ynadi, 2006 yilda esa unga "Supermenning qaytishi" lentasida Leks Lyutorning rafiqasi rolini ijro etish nasib etdi. 

"U mehribon, mehnatkash, quvnoq, fidokor, serg‘ayrat ayol edi", - dedi aktrisaning rasmiy biografi Larri Uord.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan xislatlarning barchasi uning ekrandagi qahramoni - Supermenning dugonasiga ham xos bo‘lgan. Leyn aktrisa hayotida shunchaki rol bo‘lib qolmay, u uchun muhim ahamiyat kasb etgan.

Mavzuga oid
Top