09:45 / 06.07.2016
6580

AQSh Davlat kotibi va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri IShID, Suriya va Liviyani muhokama qilishdi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr uchrashuv o‘tkazishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

AQSh Davlat departamenti ma'lum qilganidek, Kerri va al-Jubayr Suriyada siyosiy o‘tish zarurligi, Liviyadagi vaziyat, Yamandagi vaziyatni siyosiy hal qilish va arab-isroil ixtilofini muhokama qilishgan.

Bundan tashqari, siyosatchilar IShID terrorchilik guruhining yo‘q qilinishi zarurligini aytib o‘tishdi.

Saudiya Arabistoni  AQSh boshchiligidagi aksilterrorchilik koalitsiyasi a'zosi hisoblanadi.

Top