11:24 / 06.07.2016
5021

AQShda Google shtab-kvartirasini yoqib yubormoqchi bo‘lgan kishi qo‘lga olindi

Kaliforniya politsiyasi shtat hukumati ma'lumoti bo‘yicha Mauntin-Vyu shahrida joylashgan Google shtab-kvartirasini yoqib yuborishga uringan va bino ichini o‘qqa tutgan kishini hibsga oldi. Bu haqda Amerikaning The Verge internet portali ma'lum qilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlarining ma'lum qilishicha, kaliforniyalik 30 yashar Raul Dias 19 may kuni Google shtab-kvartirasining avtoturargohida turgan va xotira kartalari uchun ishlatilgan mashinaga yonayotgan shisha idish otgan. Voqea joyida yong‘in chiqqan, avtomobil kam miqdorda zararlangan.

Amerikalik 4 iyun kuni o‘qotar quroldan kompaniya binosiga qarata o‘t ochgan. O‘shanda hech bir xodimga zarar yetmagan. 10 iyun kuni Dias Google’ning boshqa bir mashinasi ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari erkakni 30 iyun kuni hibsga olishdi. Politsiya kompaniya shtab-kvartirasidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda uning mashinasini to‘xtatganda, Diasning yonidan portlovchi qurilma topilgan.

Top