18:51 / 07.07.2016
6043

Avast antivirusi raqobatchisini xarid qildi

Chexiyaning Avast! antivirusini ishlab chiqaruvchi Avast Software kompaniyasi raqobatchisi AVG Technologiesni sotib oldi, deb xabar qilmoqda antivirusning rasmiy veb-sahifasi. 

Avast AVGning har bir aksiyasiga 25 dollar hisobidan jami 1,3 mlrd dollar to‘laydi. Kompaniya mazkur moliyaviy amaliyotni bajarish uchun mablag‘ni Credit Suisse Securities, Jefferies va UBS Investment Banklarni o‘z ichiga oluvchi konsorsiumdan olgan. AVG bosh qarorgohi Niderlandiyada joylashgan bo‘lib, unga ham Chexiyada asos solingan edi. 

Avast bir necha oy mobaynida AVG bilan birlashish amaliyotini yakunlaydi. Xabar qilinishicha, AVG direktorlar kengashi, o‘z aksiyalari egalarini bitimga rozilik bildirishga chaqirgan. 

Bitimning bosh maqsadi, antivirus bozorining «Kasperskiy laboratoriyasi» yoki McAfee kabi yetakchi namoyondalari bilan raqobat qilishda o‘z o‘rnini mustahkamlashdan iborat. Mazkur kelishuv amalga oshgach, AVG va Avast tizimlari birgalikda 400 mlnga yaqin qurilmaga xizmat ko‘rsata boshlaydi. Shundan 160 mlni smartfonlar, planshetlar va boshqa turdagi mobil qurilmalardir. Hozirda, Avast Software mijozlari soni 230 mlnga yaqin. 


 

Top