08:00 / 07.07.2016
12967

Kiyevda Saakashvilining zirhlangan jipi o‘g‘rilab ketildi

7 iyul tungi payt Kiyevda Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvilining zirhlangan Toyota Land Cruiser yo‘ltanlamasi o‘g‘rilab ketildi. Mashinaning narxi 15,5 mln rublni tashkil qiladi, deb yozmoqda Ukraina bosh prokuraturasiga iqtibos keltirgan holda "Strana.ua" nashri.

Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, jipni Guga laqabli o‘g‘ri Sergey Glonti jinoiy guruhi a'zolari olib qochgan. Glonti Vengriyaga bu mamlakatning fuqaroligini noqonuniy olish maqsadida firibgarlikda ayblanib, ekstraditsiya qilinishi kerak. Glonti 21 iyunda Kiyevda qo‘lga olingan, hozirda u tergov izolyatorida saqlanib, ekstraditsiya masalasi bo‘yicha sud qarorini kutmoqda.

Ukraina bosh prokuraturasi xodimlari fikricha, o‘g‘rilar mashinani sud hakamlari Glontiga yon bosishlari, uning advokatlari dalillariga rozi bo‘lishlari va uni ozodlikka qo‘yib yuborishlari maqsadida o‘g‘rilashgan. Qayd qilinishicha, faqat shu holdagina mashina egasiga qaytarilishi mumkin.

Top